Maxfiylik siyosati

Kuchga kirish sanasi: 2020-yil 18-aprel
OU7 Training (keyingi o'rinlarda «Biz», «Bizning» deb yuritiladi) OU7 Training mobil ilovasi (keyingi o'rinlarda «Servis» deb yuritiladi) boshqaruvini amalga oshiradi. Ushbu sahifa mazkur Servisdan foydalanishda foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlarini yig'ish, ulardan foydalanish va ularni fosh qilish borasidagi bizning Siyosatimiz, shuningdek sizga ushbu ma'lumotlarni eslatadigan ehtimoliy harakatlar haqida sizni xabardor qilishga qaratilgan. Biz sizning ma'lumotlaringizdan Servis taqdim etish va uni yaxshilash uchun foydalanamiz. Servisdan foydalanar ekansiz, siz o'z ma'lumotlaringizni ushbu Siyosatga muvofiq yig'ish va ulardan foydalanishga o'z roziligingizni bildirasiz (agar mazkur Maxfiylik siyosatida boshqasi belgilangan bo'lmasa). Ushbu hujjatda foydalanilgan atamalar ma'nosi bizning Foydalanish shartlarimizdagi atamalar bilan bir xil ma'noga ega.

Ma'lumotni yig'ish va undan foydalanish

Biz Servisimizni yaxshilash uchun turli maqsadlarda turli xildagi ma'lumotlarni yig'amiz.

Yig'iladigan ma'lumot turlari

Shaxsga doir ma'lumotlar

Servisimizdan foydalanishingizda biz sizdan ma'lum turdagi shaxsiy ma'lumotlaringizni (Shaxsga doir ma'lumotlar) taqdim etishingizni so'raymiz.
Shaxsga doir ma'lumotlar quyidagilarni (ammo bu bilan cheklanib qolmasdan) o'z ichiga oladi:
  • Ism
  • Telefon raqami, e-mail manzil, Google Play yoki Apple ID
  • Yosh, vazn, bo'y to'g'risidagi ma'lumotlar, shuningdek datchiklar ma'lumotlari va sog'liq holati to'g'risidagi ma'lumotlar (Apple Health yoki Google Fit ilovalari)
  • Joylashuv joyi to'g'risidagi ma'lumotlar

Shaxsga doir ma'lumotlardan quyidagicha foydalaniladi:
  • Ismingizdan sizni ilovada identifikatsiya qilish uchun foydalaniladi.
  • Telefon raqami, e-mail manzil, Google Play yoki Apple ID'dan ro'yxatdan o'tish uchun foydalaniladi.
  • Yoshingiz, vazningiz, bo'yingiz to'g'risidagi ma'lumotlar, shuningdek datchiklar ma'lumotlari va sog'liq holati to'g'risidagi ma'lumotlardan (Apple Health yoki Google Fit ilovalari) sizning shaxsiy mashg'ulot dasturlaringizni tuzish, sizning yuksalishingiz, kun davomida jismoniy faolligingiz, mashg'ulotlarning organizmingizga ta'siri va h.k. haqida ma'lumot taqdim etish maqsadida foydalaniladi.
  • Joylashuv joyingiz to'g'risidagi ma'lumotlardan hamma vaqt, hatto siz ilovadan faol foydalanmagan paytda ham, sizga shahringizdagi ob-havo, shamol tezligi va namlik haqida, shuningdek yurish va yugurishdan keyingi masofalar to'g'risida ma'lumotlar taqdim etish maqsadida foydalaniladi.
  • Profil rasmini o'zgartirish va yutuqlaringiz fayllarini saqlash uchun galereyadan foydalanish imkonini taqdim eting
  • Taomlarning fotosuratlarini olib iste'mol qilingan kaloriyalarning hisobini yuritish uchun galereyadan foydalanish imkoniyatini taqdim eting

Foydalanish to'g'risidagi ma'lumotlar

Siz mobil qurilmangiz orqali Servisdan foydalanish huquqini olganingizda, biz ayrim ma'lumotlarni, jumladan siz foydalanayotgan mobil qurilmaning turi, mobil qurilmangizning noyob identifikatori, IP-manzili, operatsion tizimi, foydalanilayotgan internet-brauzer turi haqidagi axborotni va boshqa diagnostik ma'lumotlarni avtomatik ravishda yig'ishimiz mumkin.

Kuzatuv va Сookie fayllari

Servisimizdagi faollikni kuzatish hamda ayrim ma'lumotlarni saqlash uchun biz Cookie fayllari va shunga o'xshash texnologiyalardan foydalanamiz. Cookie – bu noyob anonim identifikatorni o'z ichiga olishi mumkin bo'lgan kichik hajmdagi ma'lumotlar fayllari. Cookie sizning brauzeringizga veb-saytdan yuboriladi va qurilmangizda saqlanadi. Shuningdek quyidagi kuzatuv texnologiyalaridan ham foydalaniladi: mayoqlar, teglar hamda axborotni yig'ish va kuzatish, shuningdek Servisimizni yaxshilash va tahlil qilish uchun skriptlar.
Siz brauzeringizni barcha Cookie fayllaridan voz kechish yoki bunday fayllar uzatilayotganida xabar olishga moslashtirib sozlashingiz mumkin. Biroq, agar siz Cookie fayllarini qabul qilmasangiz, Servisimizning ba'zi xizmatlaridan foydalana olmaysiz. Biz foydalanadigan Cookie fayllar quyidagicha:
  • Sessiya Сookie fayllari. Servisimiz ishlashi uchun foydalaniladi.
  • Afzallik Cookie fayllari. Siz afzal ko'rgan narsalar va turli xil sozlamalarni eslab qolish uchun foydalaniladi.
  • Xavfsizlik Cookie fayllari. Maksimal xavfsizlikni ta'minlash maqsadida foydalaniladi.

Ma'lumotlardan foydalanish

OU7 Training yig'ilgan ma'lumotlardan quyidagi maqsadlarda foydalanadi:

  • Servis taqdim etish va uni qo'llab-quvvatlash
  • Servisimizdagi o'zgarishlar haqida sizni xabardor qilish
  • Servisimizning interaktiv xizmatlaridan foydalana olishingiz uchun
  • Mijozlarga xizmat ko'rsatish, ularni qo'llab-quvvatlash
  • Servisni yaxshilash maqsadida tahlil yoki foydali ma'lumot taqdim etish
  • Servisdan foydalanishni kuzatib borish
  • Texnik muammolarni aniqlash, oldini olish va bartaraf etish

Ma'lumotlarni uzatish

Sizning ma'lumotlaringiz, jumladan Shaxsingizga doir ma'lumotlar, axborotni himoya qilish haqidagi qonunlari sizning yurisdiksiyangiz qonunlaridan farq qiladigan, siz yashab turgan shahar, viloyat, mamlakat yoki boshqa davlat yurisdiksiyasi tashqarisida joylashgan kompyuterlarda saqlanishi va ular orqali uzatilishi mumkin. Agar siz O'zbekiston tashqarisida bo'lib turib, bizga ma'lumotlaringizni taqdim etishga qaror qilgan bo'lsangiz, shunga e'tibor beringki, biz ma'lumotlarni, shu jumladan shaxsga oid ma'lumotlarni O'zbekistonga uzatamiz va u yerda ularga ishlov beramiz. Ushbu Maxfiylik siyosatiga rozilik bildirib, so'ng bu kabi axborotni taqdim etishingiz ma'lumotlarning yuqorida ta'kidlanganidek uzatilishiga rozi ekanligingizni anglatadi.
OU7 Training ushbu Maxfiylik siyosatiga muvofiq sizning ma'lumotlaringizdan xavfsiz foydalanishni ta'minlash uchun barcha zaruriy choralarni ko'radi va sizning shaxsingizga oid hech qanday ma'lumot, agar tegishli nazorat ta'minlanmasa (jumladan ma'lumotlaringiz va boshqa shaxsiy axborot xavfsizligi), uchinchi tomonga, shu jumladan tashkilot va mamlakatlarga uzatilmaydi.

Ma'lumotlarni oshkor etish

Huquqiy talablar

Agar OU7 Training ma'lumotlar:
  • Yuridik majburiyatlarni bajarish
  • OU7 Training huquqlari yoki mulkini himoya qilish
  • Servis bilan bog'liq huquqbuzarliklarni oldini olish yoki tekshirish
  • Servis foydalanuvchilari yoki jamoatchilik xavfsizligini himoya qilish
  • Yuridik javobgarlikdan himoyalanish uchun zarur deb hisoblasa, sizning Shaxsingizga doir ma'lumotlarni oshkor qilishi mumkin

Ma'lumotlar xavfsizligi

Biz uchun ma'lumotlaringiz xavfsizligi muhim, biroq shuni unutmangki, Internet yoki elektron saqlanma orqali axborot uzatishning birorta usuli 100% xavfsiz emas. Biz sizning Shaxsingizga doir ma'lumotlarni himoya qilish uchun tijoriy jihatdan maqbul bo'lgan vositalardan foydalanishga intilishimizga qaramasdan, biz ularning mutlaqo xavfsizligiga kafolat bera olmaymiz.

Xizmatlarni yetkazib beruvchilar

Biz Servisimizga yordam ko'rsatish, o'z nomimizdan Servis taqdim etish, Servis bilan bog'liq xizmatlar ko'rsatish yoki Servisimizdan qanday foydalanilayotganini tahlil qilish uchun kompaniyalarni va xususiy shaxslarni (keyingi o'rinlarda «Xizmatlarni yetkazib beruvchilar» deb yuritiladi) chetdan yollashimiz mumkin. Ushbu uchinchi tomonlar faqat bizning nomimizdan ushbu vazifalarni bajarish uchun sizning Shaxsingizga doir ma'lumotlaringizdan foydalanishlari mumkin bo'ladi va ularni fosh etmaslik hamda boshqa maqsadlarda ulardan foydalanmaslik majburiyatini o'z zimmasiga olishadi.

ChatGPT neyron tarmog'i integratsiyasi

Ovqatni skanerlash va KOYUni hisoblash xizmatini taqdim etish uchun ilova ChatGPT neyron tarmog'idan foydalanadi. Barcha ma'lumotlar (taomlarning fotosuratlari, KOYU ma'lumotlari) ushbu maxfiylik siyosatiga muvofiq saqlanadi va uzatiladi. Bundan tashqari, ushbu ma'lumotlar ChatGPT neyron tarmog'i tomonidan ham qayta ishlanadi. ChatGPT maxfiyligingizni himoya qilish uchun quyida keltirilgan xavfsizlik choralaridan foydalanadi:
- Foydalanuvchi va ChatGPT o'rtasida uzatiladigan barcha ma'lumotlar shifrlangan.
- Potentsial zaif tomonlarni aniqlash uchun ChatGPT har yili xavfsizlik auditidan o'tadi.
- ChatGPTning ichki mexanizmlariga faqat avtorizatsiyadan o'tgan qat'iy nazorat qiladigan vakolatli shaxslar kirishlari mumkin.
- ChatGPT dasturiy ta'minotida aniqlangan zaifliklar uchun axborot xavfsizligi tahlilchilari va texnologiya ustalariga aniqlangan xatolar haqida xabar berishni rag'batlantiruvchi mukofotlash dasturiga ega.

Tahlil

Biz Servisimizdan foydalanishni monitoring va tahlil qilish uchun xizmat yetkazib beruvchilarni chetdan jalb qilishimiz mumkin.

Google Analytics, Fabric, FireBase va Crashlytics

Google Analytics, Fabric, FireBase va Crashlytics – bu veb-saytlarga qilingan tashriflar haqidagi ma'lumotni kuzatish va taqdim etish uchun Google tomonidan taklif qilinadigan veb-tahlil servislari. Yig'ilgan ma'lumotlardan Google Servisimizdan foydalanishni kuzatish va monitoring qilish uchun foydalanadi. Ushbu ma'lumotlar Google'ning boshqa servislariga uzatiladi. Yig'ilgan ma'lumotlardan Google shaxsiy reklama tarmog'ining reklamasini kontekstuallashtirish va personallashtirish uchun foydalanishi mumkin. Siz mobil qurilmangiz sozlamalari orqali, Google Analytics'ning ayrim xizmatlaridan voz kechishingiz mumkin. Buning uchun qurilmangizdagi reklama sozlamalariga kirishingiz yoki Google'ning Maxfiylik siyosatida keltirilgan quyidagi qo'llanmaga amal qilishingiz mumkin: https://policies.google.com/privacy?hl=en. Ushbu masala bo'yicha qo'shimcha ma'lumotni Maxfiylik siyosati yoki Google'ning quyidagi Servislardan foydalanish qoidalari sahifasidan olish mumkin: https://policies.google.com/privacy?hl=en

Yandeks Metrika

Yandeks Metrika – bu Yandeks tomonidan taqdim etiladigan veb-tahlil servisi. Yandeks Metrika saytga tashrif buyuruvchilar undan qanday foydalanishini tahlil qilishga yordam beradigan, sizning qurilmangizga o'rnatiladigan, matnli fayllardan iborat bo'lgan Cookie fayllaridan foydalanadi. Cookie fayli tomonidan hosil qilinadigan veb-saytdan foydalanishingiz to'g'risidagi ma'lumot (jumladan IP-manzil) Yandeks tomonidan Rossiya Federatsiyasi serverlariga uzatiladi va ularda saqlanadi. Yandeks ushbu ma'lumotdan veb-saytdan foydalanishingizga baho berish, veb-sayt operatorlari uchun veb-saytning faolligi haqida hisob-kitob tuzish, shuningdek veb-sayt faoliyati va Internetdan foydalanish bilan bog'liq bo'lgan boshqa xizmatlarni taqdim etish uchun foydalanadi.
Ushbu axborotni Yandeks shuningdek, agar buni qonun talab qilsa yoki ushbu uchinchi shaxslar ma'lumotga Yandeks nomidan ishlov bersa, uchinchi shaxslarga uzatishi mumkin. Yandeks sizning IP-manzilingizni Yandeksning boshqa ma'lumotlari bilan bog'lamaydi. Siz brauzeringizda tegishli sozlamalarni tanlab, Cookie fayllari o'rnatilishining oldini olishingiz mumkin. Biroq bunday holatda veb-saytning barcha xizmatlaridan foydalana olmaysiz. Ushbu saytdan foydalanar ekansiz, Yandeksning yuqorida tilga olingan usulda va yuqorida ifoda qilingan maqsadlarda siz haqingizdagi ma'lumotlarga ishlov berishiga rozilik bildirasiz. Yandeks Metrika tomonidan tahliliy ma'lumotlar yig'ilishini o'chirish uchun quyidagi havoladan foydalaning: https://yandex.ru/support/metrika/general/opt-out.html#opt-out

Boshqa saytlarga havolalar

Servisimiz biz boshqarmaydigan boshqa saytlarning havolalarini o'z ichiga olishi mumkin. Agar siz uchinchi tomonning havolasini bossangiz, siz ushbu uchinchi tomonning saytiga o'tkazilasiz. Biz sizga har bir tashrif buyuriladigan saytning Maxfiylik siyosati bilan tanishib chiqishingizni qat'iy tavsiya qilamiz. Biz tashqi saytlar va xizmatlarning kontenti, siyosati yoki harakatini nazorat qilmaymiz va ular uchun javobgar emasmiz.

Bolalarning maxfiyligi

Bizning Xizmatimiz 14 yoshdan kichik bo'lgan shaxslar (keyingi o'rinlarda «Bolalar» deb yuritiladi) uchun mo'ljallanmagan. Biz ongli ravishda Bolalarning shaxsiy ma'lumotlarini yig'maymiz. Agar siz Bolaning ota-onasi yoki vasiysi bo'lsangiz va Bolangiz o'zining shaxsiga doir ma'lumotni bizga taqdim etganidan xabar topsangiz, biz bilan bog'laning. Agar bolalarning shaxsiga doir ma'lumotlar ularning ota-onalari roziligisiz yig'ilgani aniqlansa, biz bunday ma'lumotlarni serverlarimizdan o'chirish uchun barcha zaruriy choralarni ko'ramiz.

Ushbu Maxfiylik siyosatidagi o'zgarishlar

Biz vaqti-vaqti bilan Maxfiylik siyosatimizni yangilab turishimiz mumkin. Barcha o'zgarishlar haqida biz sizni ushbu sahifaga yangi Maxfiylik siyosatini joylashtirgan holda xabardor qilamiz. Bu haqda biz sizning elektron pochtangizga xabar beramiz va/yoki o'zgarishlar kuchga kirgunicha Servisimizda ma'lum qilamiz, shuningdek ushbu Maxfiylik siyosatining yuqori qismida «hujjatning kuchga kirish sanasi»ni yangilaymiz.
Ushbu Maxfiylik siyosatini o'zgarishlar yuzasidan tez-tez tekshirib turishingizni tavsiya qilamiz. Ushbu Maxfiylik siyosatidagi o'zgarishlar mazkur sahifaga joylashtirilganidan so'ng darhol kuchga kiradi.

Biz bilan aloqa

Agar sizda ushbu Maxfiylik siyosati bilan bog'liq savollar bo'lsa, biz bilan quyidagi elektron pochta orqali bog'laning: info@ou7.uz