OU7 TRAINING

ILOVASIDAN FOYDALANISH QOIDALARI

Iltimos, ushbu qoidalarni diqqat bilan o'qib chiqing. Ilovadan foydalanishingiz ushbu qoidalarga roziligingizni anglatadi. Agar siz mazkur qoidalarga aloqador bo'lishni xohlamasangiz, iltimos, ilovadan foydalanishni zudlik bilan to'xtating.

ASOSIY QOIDALAR

OU7 TRAINING – bu professional fitnes-murabbiylar tomonidan ishlab chiqilgan turli darajadagi mashg'ulotlar dasturlarini o'z ichiga olgan platforma. Foydalanishdan oldin shifokorga murojaat qiling va ushbu dasturlar bo'yicha shug'ullanish sizga tavsiya etilishiga aniqlik kiriting. Agar bu borada qarshi ko'rsatmalar yoki shifokor taqiqi bo'lsa, mashq va dasturlardan siz o'z ixtiyoringizga ko'ra foydalanasiz. Ilova yaratuvchilari sog'lig'ingiz yomonlashishi yoki holatingiz bilan bog'liq boshqa o'zgarishlar uchun javobgar emas.
Ushbu servisda barchasi, jumladan mashg'ulotlarning dasturlari, videolari, tavsiflari, nomlari, logotipi, dizayni va boshqa qismlari bizning jamoamiz tomonidan yaratilgan bo'lib, intellektual mulk hisoblanadi. Iltimos, shuni nazarda tutingki, biz sabablarini ochiqlamasdan ilovadan foydalanishga ruxsat bermaslik huquqiga egamiz.

NIMALAR MUMKIN EMAS

  • - OU7 TRAINING kontenti asosida yasama ishlar yaratish, ularni uzatish, qayta ishlab chiqarish, tarqatish, chop etish va aks ettirish.
  • - OU7 TRAINING kontenti asosida murabbiylik faoliyatini olib borish.
  • - Haqoratomuz harakatlar, irqchilik, shafqatsizlik, pornografiya bilan bog'liq harakatlar yoki har qanday jismoniy yoki yuridik shaxsni qanday ko'rinishda bo'lmasin kamsitadigan harakatlarni amalga oshirish.
  • - Xizmatning zaifligini o'rganish, skaner qilish yoki sinovdan o'tkazish, xavfsizlik yoki haqiqiylikni tekshirish choralarini buzish.

NIMALAR MUMKIN

  • - OU7 TRAINING ilovasining barcha xizmatlaridan foydalanish (agar tizimda ro'yxatdan o'tilgan bo'lsa).
  • - Savol va takliflar yuzasidan qo'llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilish.
  • - Ilovadan foydalanishni istalgan payt to'xtatish.

CHELLENJLAR YARATISH QOIDALARI

Do'stlar bilan birgalikda mashg'ulot o'tkazish oson va maroqli. Biroq chellenjlarni yaratishda quyidagi qoidalarga amal qilish talab etiladi:
  • - so'kish va haqoratli so'zlardan foydalanish mumkin emas;
  • - har qanday noo'rin kontent yoki sport va fitnesga aloqasi bo'lmagan kontent man etiladi;
  • - zo'ravonlikka da'vat qilish taqiqlanadi;
  • - milliy, irqiy yoki diniy mansublikni kamsituvchi, diniy-ekstremistik, shuningdek jinsiy ozchilik sha'niga teguvchi so'zlardan foydalanish man etiladi;
  • - boshqa foydalanuvchilarni ta'qib qilish mumkin emas.

Ushbu qoidalarga rioya qilmagan foydalanuvchilar tizimdan o'chiriladi.

"Chellenj yaratish" tugmasini bosish orqali siz avtomatik ravishda chellenj shartlarini qabul qilasiz. Ushbu qoidalarning buzilishi tizimdan chiqib ketishga olib keladi.

NUTRITSIOLOGIYA

Bizning ovqatlanish dasturlarimiz professional nutritsiologtomonidan ishlab chiqilgan. Ular to’g’ridan-to’g’ri tavsiyalar emas. Siz ularni ta'lim maqsadlarida ishlatishingiz mumkin. Siz o'zingizning sog'lig'ingiz uchun javobgarsiz, shuning uchun har qanday OU7 Training ovqatlanish dasturini boshlashdan oldin har doim shifokor bilan maslahatlashing.
OU7 Training sog'lik, vazn yoki fitnes bo'yicha hech qanday natija yoki yaxshilanishlarni kafolatlay olmaydi. Iltimos, agar sizda ovqatlanish ratsionidagi, yoki ovqatlanish rejasidagi o'zgarishlar ta'sir qiladigan biron bir kasallik bo'lsa yoki kasallikning ehtimoli bo’lsa, ovqatlanish dasturlari yoki nutritsiologning boshqa tavsiyalaridan foydalanmang.
OU7 Training bizning ilovamizda keltirilgan ovqatlanish ma'lumotlari hamma uchun mos, to'liq va aniq ekanligiga kafolat bera olmaydi. OU7 Training, ovqatlanish dasturlardan foydalanishning bevosita yoki to’gridan-to’g’ri zararli natijasiga javobgar emas.

JAVOBGARLIKDAN BOSH TORTISH

Shunga e'tibor qaratingki, OU7 TRAINING xizmatdan foydalanish jarayonida sizga va sizning sog'lig'ingizga yetkazilishi mumkin bo'lgan har qanday zarar (jumladan jismoniy va ruhiy holatlar, zararli dasturiy ta'minot tufayli qurilmangizga yetkazilgan zarar, boshqa foydalanuvchilar yoki uchinchi shaxslarning harakatlari tufayli yuzaga kelgan holatlar) uchun javobgar emas. Biz OU7 TRAINING ilovasi faoliyatini istalgan payt to'xtatib qo'yishimiz mumkin. Siz OU7 TRAINING ilovasidan o'z ixtiyoringizga ko'ra foydalanasiz va ilovaning organizmingiz va sog'lig'ingizga yetkazadigan zarari uchun o'zingiz javobgarsiz. Amaldagi foydalanish qoidalari istalgan payt o'zgarishi yoki yangilanishi mumkinligini unutmang va ularni vaqti-vaqti bilan tekshirib turing.

ALOQA

Savol va takliflar bo'yicha info@ou7.uz manziliga murojaat qiling.